Rossiyaning “Gazprom” davlat kompaniyasi oltita Turkiya kompaniyasi uchun gazga qo‘yilgan 10,25 foizlik chegirmani bekor qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Ularning hissasiga 10 milliard kubgacha bo‘lgan gaz to‘g‘ri kelar edi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Gazprom” vakillari Turkiyaning Anadolu agentligiga ma’lum qilishicha, chegirma Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar iziga tushgachgina, qayta tiklanishi mumkin.

Nashr eslatishicha, avvalroq Turkiya Rossiya bilan yuzaga kelgan nizolar tufayli Isroildan gaz sotib olishni qayta boshlamoqchiligi xabar berilgan edi.