AQShda yuz bergan qorli bo‘ron qurbonlari soni oshib bormoqda. Tabiiy hodisa sababli 14 ta shtatda 59 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Oldinroq qurbonlar soni 48 kishiga yetganligi, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari, is gazidan zaharlanish va yurak xuruji natijasida yetkazilgan tan jarohatlari o‘limga sabab bo‘layotganligi xabar qilingan edi.
Ayni paytda, favqulodda xizmatning o‘z vaqtida harakat qilishi uchun hamda bo‘ron oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf qilish maqsadida AQSh milliy gvardiyasi tomonidan harbiy texnika jalb qilindi.
Izoh (0)