Xitoyning Guanchjou shahrida 67 yil ichida birinchi marta qor yog‘di

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining ma’muriy markazi Guanchjou shahrida haddan tashqari sovuq tufayli 67 yil ichida birinchi marta qor yog‘di, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mahalliy OAVlarning ta’kidlashicha, ushbu tropik megapolisda qor yog‘ishi 1949-yilda XXR tashkil qilingandan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.

Hukumat sovuq tufayli xavflilikning eng yuqori — “qizil” darajasini e’lon qildi. Hozirda Guanchjouda harorat Selsiy bo‘yicha nol gradusga tushgan.

Aholidan issiqroq kiyinish, haydovchilardan qor va yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda ayniqsa sergak bo‘lib turish so‘ralmoqda.

Joriy qish Xitoyda haddan tashqari sovuq keldi. Pekinda o‘tgan kecha havo harorati -17,4 darajaga tushdi. Bu 30 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir. Xitoy poytaxtining ayrim tumanlarida harorat -29,8 darajagacha yetdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing