Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butunjahon boks turkumining (The World Series Boxing, WSB) yangi mavsumida O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Uzbek Tigers, ya’ni “O‘zbek sherlari” nomini olgan jamoa qur’a natijasiga ko‘ra Qozog‘istonning Astana Arlans, Ozarbayjonning Azerbaijan Baku Fires hamda Puerto-Rikoning Puerto Rico Hurricanes jamoalari bilan birga “D” guruhidan o‘rin oldi.

24-yanvar, yakshanba kuni O‘zbekiston jamoasi San-Xuan shahrida Puerto-Riko bokschilariga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 49 kg vazn toifasida Xasanboy Do‘smatov, 56 kg vaznda Abdulxay Shoraxmatov, 64 kg vazn toifasida Fazliddin Meliboyev, 75 kg vaznda Ulug‘bek Xaqberdiyev hamda 91 kg vazn toifasida Mirzobek Xasanov o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga debyut jangda ilk g‘alabani taqdim etdi.

“O‘zbek sherlari” navbatdagi uchrashuvni 5-fevral kuni Boku shahrida Azerbaijan Baku Fires jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Toshkentdagi ilk boks oqshomi esa 26-fevral kuni WSB yo‘nalishining amaldagi chempioni Astana Arlans jamoasiga qarshi tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati