Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Amkar”ning nigeriyalik futbolchisi Fegor Ogude rafiqasini tutqinlikdan ozod qilinishi uchun 1,3 million nayra (6,5 ming dollar) tovon puli to‘ladi. Bu haqda Pulse portali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ogudening rafiqasi yanvar oyining boshida o‘g‘irlab ketilgan edi. Futbolchi oilasining do‘sti Timi Ebikagboroning Nigeriya OAVlariga ma’lum qilishicha, o‘yinchining rafiqasi olti kun davomida tutqinlikda ushlab turilgan.

“Men uni ozod etishlari uchun 1,3 million nayra to‘ladim, lekin uni o‘g‘irlab ketganlar 30 million talab qilishgan edi (150 ming dollardan ortiq). Hozir hammasi joyida. Men rafiqamni ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib bordim. Uni qo‘rqinchli va iflos joyda bir haftaga yaqin ushlab turishdi. Rafiqamning tirikligi uchun xudodan minnatdorman, bu men uchun eng muhimidir”, — dedi Ogude.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi