2015-yil davomida Toshkent Qutqaruv xizmati (1050 raqami)ga 295,1 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan, shulardan 1968 tasi yordam to‘g‘risidagi iltimosdan iborat bo‘lgan. Bu haqda poytaxt Qutqaruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i Ergash Ikromov “Toshkent oqshomi” gazetasiga ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Boshqarma o‘zining qidiruv-qutqaruv guruhiga ega. Zarurat bo‘lganda esa u muammolarni hal etish uchun shaharning tezkor, avariya va kommunal xizmatlarini jalb etib, operatsiyaning bajarilishini nazorat qiladi.
“Boshqarmaning tezkor navbatchi qismi tomonidan Toshkent shahar hokimligi mas’ul navbatchilari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, prokuratura, tuman hokimliklari, avariya tiklash va kommunal xizmatlari, temiryo‘l, metropoliten, tez tibbiy yordam kabi bir qator tashkilot va muassasalar bilan doimiy axborot almashinuvlari olib borilmoqda”, — deydi boshqarma rahbari.
O‘tgan yili xizmat qutqaruvchilari tomonidan qiyin vaziyatda qolgan, jumladan, uyda qulflanib qolgan yoki liftda qolib ketgan 365 nafar keksalarga tezkor yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)