2016-yilning birinchi choragida Apple iPhone 6 va iPhone 6s smartfonlarini ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartiradi. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei Asian Review nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Dastlab kompaniya yangilangan modellar ishlab chiqarilishini oltinchi avlodning avvalgi modellari darajasida saqlab qolishni rejalashtirgan edi. Biroq bu qaror chakana savdodagi sotuv hajmining tushib ketishi natijasida do‘konlarda modelning ko‘p miqdorda to‘planib qolishi tufayli qaytadan ko‘rib chiqildi.
Apple ishlab chiqarishning qisqartirilishi ularni sotilib ketishiga imkoniyat beradi deb hisoblamoqda.
Nikkei nashrining ta’kidlashicha, kompaniyaning mazkur qarori displey yetkazib beruvchi Japan Displey, Sharp va LGDispley, shuningdek, Sony, TDK, Alps Electric va Kyocera kompaniyalari faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Izoh (0)