Yerning Xalqaro fazoviy stansiyadan turib olingan 2015-yildagi eng yaxshi suratlari
Amerika aerokosmik agentligi (NASA) o‘z saytida Xalqaro fazoviy stansiyadan turib 2015-yilda olingan Yerning 15 ta suratini e’lon qildi.
Suratlar orasida tungi Skandinaviya, Gavayidagi vulqonlar, Keyp-Kod yarimoroli, Chad ko‘li va boshqa xushmanzara joylar bor, deb yozadi “TASS”.
NASA astronavti Kris Kessidi Yerni suratga olmoqda.
Chad ko‘li va Sahroi Kabir cho‘li. Ko‘l maydoni XX asrning 60-yillarida 26 ming kilometrni egallagan bo‘lsa, hozirda atigi 1350 kilometrni tashkil etadi
Tunisning O‘rtayer dengizidagi eng yirik portlaridan biri — Sfaks
Shimoliy Avstraliya sohillari yaqinida joylashgan Adel oroli. Orolning uzunligi 2,9 kilometr, dengiz sathidan balandligi esa 4 metrdan oshmaydi
Himolay tog‘larining Xitoy—Hindiston chegarasi yaqinidagi qismi. Qor bilan qoplangan tog‘lar balandligi — 5200 metr
Mekong daryosi, Tailand va Laosdagi suv toshqinlari
Meksika uzra sovuq plazmaning elektr razryadlari — spraytlar
G‘arbiy Avstraliyaning sohilbo‘yi qismi. Oq to‘g‘ri turtburchaklar — tuz qazib olinadigan joylar
Kolumbiya shimolidagi, dengiz sathidan 5780 metr balandlikdagi ajralib qolgan tog‘li hudud
Xitoy shimoli-sharqidagi baliqchilik xo‘jaliklarining hovuzlari
To‘lin Oy arafasidagi Janubiy Skandinaviya
AQSh shimoli-sharqidagi Keyp-Kod yarimoroli (Massachusets shtatining eng sharqiy nuqtasi)
Parana — uzunligi 4880 kilometrga teng bo‘lgan, Janubiy Amerikada Amazonkadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi daryo
Boliviya janubi-g‘arbida joylashgan Laguna-Kolorada ma’danli ko‘li. 2007-yili u tabiatning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lish uchun da’vogar edi, biroq final bosqichiga o‘ta olmagan
Gavayi orollaridagi Kilauea va Mauna-Loa vulqonlari
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi chegarani tungi vaqtda ogohlantiruvchi sariq chiroqlar bilan yoritish
Izoh (0)