Avstriyaning Karintiya viloyatida Antenne Kaernten radiostansiyasining dijeyi Britaniyaning Wham! guruhiga tegishli Last Christmas qo‘shig‘ini efir orqali 24 marta eshittirdi. Bu hodisa haqida Reuters xabar berdi.
Radiostansiya dasturiy direktori Timm Bodnerning ma’lum qilishicha, o‘z rejasini amalga oshirish uchun 27 yoshli boshlovchi studiya eshigini ichkaridan yog‘och tayoq bilan berkitib olgan.
Hazilkash boshlovchini faqat uning qizi to‘xtata oldi. U studiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shiq hammani aqldan ozdirayotganligini ma’lum qildi.
“Umuman olganda, bu qiziqarli hodisa bo‘ldi, biroq bu oqibatsiz qoldirilmasligi kerak. Boshlovchi Rojdestvo va Yangi yil arafasida ham ishlaydi”, — dedi Bodner.
Hodisa 18-dekabr kuni yuz bergan.
Izoh (0)