Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher Abduqodirov boshqarma xodimlari Yangi yil kechasida tun bo‘yi postda bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: Afisha

Foto: Afisha

“Yangi yil kechasi YHXBB xodimlari Toshkent yo‘llaridagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun har qachongidan ogoh va sergak turadi. Xodimlarimiz har bir mashinani to‘xtatib, eng avval haydovchilarni bayram bilan qutlaydi”, — dedi bo‘lim boshlig‘i.

“Lekin, har qanday holatda ham, qizil chiroqda o‘tib ketgan, rulni boshqarish paytida telefonda gaplashgan, mast holatdagi haydovchilarga odatiy tartib bo‘yicha chora ko‘riladi”, — dedi Alisher Abduqodirov.

Qayd etishlaricha, YHXBB xodimlari Yangi yil kechasida ham patrul brigadalari tarkibida bolalar archalari o‘rnatilgan hududlarni kuzatib boradi, avtomashinalar ruxsat etilgan joylarda qo‘yilganini, chiqish yo‘llari to‘silib qolmasligi va tirbandliklar yuzaga kelmasligini nazorat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi