Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Mazkur tadbirlar, reydlar o‘tkazish, tabiiy va is gazining inson salomatligi va hayoti uchun xavflilik darajasi to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borishni o‘z ichiga oladi.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi qish mavsumida, ya’ni ob-havoning keskin pasayganida aholi orasida isitish moslamalaridan, turli yoqilg‘ilardan keng foydalanishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq.

Reydlar davomida 2 mingdan ortiq nostandart, sifati kafolatlanmagan gaz va boshqa isitish uskunalarini sotish hamda ulardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari aniqlandi.

Oqibatda 50 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanilib, 3 mingdan ortiq nostandart gaz va boshqa isitish moslamalari sotuvdan chiqarib tashlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha viloyat, tuman (shahar) hokimliklariga 296 ta taqdimnomalar kiritildi.

Shu bilan birgalikda, aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan suhbatlar 166 ming marotoba o‘tkazilgan, 460 mingdan ortiq eslatma va bukletlar tarqatilgan va matbuotda 1,5 mingga yaqin chiqishlar amalga oshirilgan. Bu kabi tadbirlar “O‘ztransgaz” AK, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, mahalla faollari, “Kamolot” YoIH va O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati ko‘ngillilari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hamkorlikdagi tadbirlar qamrovi 378 ming shaxsiy hovli, 24,6 ming ko‘p qavatli uylar va ulardagi 1,1 million xonadonni tashkil etdi.

Skrinshot: “Daryo”

Skrinshot: “Daryo”

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz moslamalaridan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chorlovchi SMS-xabarlarni fuqarolarning mobil telefoniga yubormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...