Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoy xalq banki yuanning dollarga nisbatan kursini 64 bazis punktga pasaytirdi: ayni paytda 1 dollar 6,4559 yuanni tashkil etmoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

The Wall Street Journal nashrining ta’kidlashicha, Xitoyda inflyatsiyaning yuqori darajasi kutilayotgani tufayli mazkur qaror qabul qilingan. Rivojlanayotgan bozorlarning o‘sish sur’ati va xomashyo mahsulotlariga narx keskin pasaymoqda, Xitoyning almashuv kursi borasidagi rejalari esa mavhumlikning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yuanning kelgusida yanada  tushib ketishining oldini olish uchun Xitoy rasmiylari valyuta zaxiralarini sota boshladi, shuningdek, xavfsirashlar oldini olish uchun kuchli valyuta yaratilishi haqida ham ma’lum qilindi. Jumladan, Xitoy raisi Si Szinpin Sietldagi chiqishi chog‘ida mamlakat yuanni zaiflashtirmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) yuanni dollar, yevro, iyena va funt sterling qatori o‘zining zaxira valyutalari sirasiga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi