Xitoydagi Fuchjou shahar aeroportining o‘t o‘chiruvchilari anglashmovchilik oqibatida parvozga shaylanib turgan Boeing 737-800’ni o‘t o‘chirish ko‘pigiga bo‘ktirdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hodisa tufayli yaroqsiz holga kelgan dvigatellarni almashtirishga 120 million yuan (18,6 million dollar) sarflash kerak bo‘ladi.Aniqlanishicha, o‘t o‘chiruvchilarga Air China kompaniyasining avialaynerida yong‘in chiqish ehtimoli borligi haqidagi xabar kelib tushgan. Ehtimolga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan ishlab turgan dvigatelni maxsus ko‘pik yordamida xavfsizlantirishni reja qilib chiqqan bo‘lib, nosoz samolyot uchuvchisi dvigatelni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, lekin bu haqda o‘t o‘chiruvchilarni ogohlantirmagan. Uchish yo‘lagiga kirib kelgan o‘t o‘chiruvchilar dvigateli ishlab turgan boshqa avialaynerni ko‘rib, unga qarata ko‘pik bilan “hujum” qilgan.
Izoh (0)