Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Parij shahrida 2016-yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatining yakuniy final bosqichiga qur’a tashlandi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.

Foto: Twitter / @UEFAEURO

Foto: Twitter / @UEFAEURO

Unga ko‘ra, musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 24 ta jamoa oltita guruhga bo‘lindi.

Mutaxassislar “E” guruhini “o‘lim guruhi” deb e’tirof etmoqda. Guruhda Belgiya, Italiya va Shvetsiya o‘rtasida keyingi bosqichga chiqish juda jiddiy kurash bo‘lishi kutilmoqda. Irlandiya esa ularga munosib qarshilik ko‘rsatishga hakarat qilishi turgan gap.

Shuningdek, “D” guruhida ham kurash anchagina jiddiy bo‘lishi kutilmoqda. Ispaniya guruh favoriti bo‘lsa-da, Turkiya Chexiya va Xorvatiya terma jamoalari anchagina kuchli tarkibga egadir.

Demak, qur’a natijalari bilan tanishing:

“A” guruhi: Fransiya, Ruminiya, Albaniya, Shveysariya.

“B” guruhi: Angliya, Rossiya, Uels, Slovakiya.

“C” guruhi: Germaniya, Ukraina, Polsha, Shimoliy Irlandiya.

“D” guruhi: Ispaniya, Chexiya, Turkiya, Xorvatiya.

“E” guruhi: Belgiya, Italiya, Irlandiya, Shvetsiya.

“F” guruhi: Portugaliya, Islandiya, Avstriya, Vengriya.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi