Meksikaning Gerrero shtati, Akapulko shahrida 80 ta maktab jinoiy guruhlar tahdidi tufayli Rojdestvo munosabati bilan ta’tilga muddatidan oldin chiqdi. Bu haqda shtat maorif vazirligi vakili Alfredo Miranda Vergara ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Vergaraning ta’kidlashicha, federal va munitsipal huquq-tartibot idoralarining o‘quv yurtlarini qo‘riqlash bo‘yicha hamkorlikdagi operatsiyasiga qaramay, o‘qituvchilar o‘zini xavfsiz his etmayapti. Shu sabab 80 ta maktab aslida 22 dekabrda boshlanadigan ta’tildan oldin yopilgan.
Akapulkoda noyabr o‘rtalaridan boshlab oldinroq aksariyati jinoyatchilik avj olgani tufayli vaqtinchalik yopilgan 120 ta maktab harbiylar va jandarmeriya xodimlari tomonidan qo‘riqlana boshladi. Jinoyatchilar o‘qituvchilardan ularga yillik mukofot sifatida berilgan pullarni talab qilgan va bunga bo‘ysunmasa, o‘ldirish bilan tahdid etgan.
Bir paytlar mashhur kurort sifatida dong qozongan Akapulkoda yil boshidan beri 800 ga yaqin qasddan qotillik qayd qilingan.