Rossiyaning “Elektro-L” metereologiya sun’iy yo‘ldoshi 11-dekabr, juma kuni Boyqo‘ng‘irdan uchirilgan Ukrainaning “Zenit-2SB” raketasi yordamida orbitaga chiqarildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Boyqo‘ng‘irda qolgan oxirgi “Zenit” raketasini uchirish uchun ukrainalik mutaxassislar yordami kerak bo‘ladi. Agar Rossiya va Ukraina hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olmasa, 11-dekabr kungi parvoz oxirgisi bo‘lishi mumkin.