Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahar aeroportida topilgan uchta egasiz samolyot Swift Air Cargo yuk tashuvchi aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib chiqdi. Bu haqda aviakompaniya vakillari bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.

Foto: “Nydailynews”

Foto: “Nydailynews”

Swift Air Cargo bayon qilishicha, ular samolyotlarni 2015-yil iyun oyidan buyon olib ketolmay turibdi. Bayonot bilan birga aviakompaniya Boeing’larni xarid qilganligini tasdiqlovchi pattalarni ham namoyish qildi.

Kuala-Lumpur shahar aeroportiga xizmat qiluvchi Malaysia Airports Holdings Berhad kompaniyasi bu hujjatlarga e’tiroz bildirmoqda.  Boshqaruvchi direktor Badlisham Gazalining ta’kidlashicha, kompaniya samolyotlarning bir nechta taxminiy egalarini topgan, lekin laynerlar ularning aynan qaysi biriga tegishli ekanligini aniqlay olmayapti.

Malaysia Airports Holdings Berhad kompaniyasi Swift Air Cargo’ning ayblovlariga hozircha javob bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr, chorshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi xalqaro aeroportda yuk tashuvchi uchta Boeing 747-200F’ning egalari qidirilayotganligi haqida xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi