Amerikaning Ford korporatsiyasi elektromobillar yaratish va ishlab chiqarishga 2020-yilgacha 4,5 milliard dollar qo‘shimcha mablag‘ kiritadi. Bu haqda “TASS” kompaniya press-reliziga tayanib, xabar beradi.
Bunda Ford elektromobilning 13 ta modelini qo‘shish orqali 2020-yilgacha shaxsiy model safidagi ulushini 40 foizgacha oshirish niyatida.
Shuningdek, kompaniya 2016-yil yakuniga qadar 30 daqiqada 80 foizgacha quvvatlanuvchi hamda quvvati 160 kilometrgacha yetuvchi Focus Electric elektromobilining yangi versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)