Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Litsenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda “Redpen.uz” bergan ma’lumotlarga asosan “Darakchi” xabar qilmoqda.

Foto: “Lolayuldasheva.com”

Foto: “Lolayuldasheva.com”

“Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi ― ish emas. Bu yerda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011-yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsak-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz”, ― deydi xonanda.

Lola, shuningdek, kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
Instagram: Avariyaga uchragan Tal’at Yo‘ldoshev, Dubayga ketgan Lola, kasal bo‘lib qolgan Zohirshoh
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)