Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Turkiyaga maxsus xizmatlar ma’lumotlarini yetkazdi, ularga ko‘ra, mamlakat hududida rossiyalik sayyohlarga qarshi teraktlar tayyorlanishi mumkin, deb yozadi “RBK” Haberturk’ka tayanib. Hujumlar A321’ning Sinaydagi halokati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Turkiya ichki ishlar vazirligi mamlakatning 81 ta provinsiyasiga MRB ma’lumotlariga asoslangan ogohlantirishlarni jo‘natgan. AQSh maxsus xizmatlari axborotiga ko‘ra, IShID guruhiga aloqador uch falastinlik va yana bir xudkush terrorchi Turkiyadagi rossiyalik sayyohlarga hujum tayyorlamoqda.

Nashr falastinlik terrorchilar ismlarini keltirgan. MRBga ko‘ra, ular 31-oktabrda Rossiyaning Airbus A321 samolyoti halokati bilan bog‘liq teraktga aloqador bo‘lishi mumkin.

Haberturk yozishicha, Turkiyada IShIDga aloqador terrorchi Abu Xalid yuribdi, u mamlakat hududida teraktni rejalashtirgan odam bilan aloqaga chiqqan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi