Yaponiya politsiyasi okinavalik 56 yoshli Katsuro Xiraokani “Futemma” harbiy bazasidagi Amerika aviatsiyasiga lazer nurlari yordamida qasddan zarar yetkazishga urinishda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Kiodo” agentligining ma’lum qilishicha, Katsuro joriy yilning 1-iyul kuni o‘n daqiqa davomida bortida to‘rt nafar dengiz piyoda askari bo‘lgan vertolyotga yashil lazer nurini yo‘naltirgan. Bu bilan u o‘quv parvozining yakuniga yetmasdan to‘xtatilishiga sababchi bo‘lgan.
Amerika harbiylarining ma’lumotiga qaraganda, lazer nurlari yordamidagi bu kabi harakatlar joriy yilning iyul oyidan noyabr oyiga qadar besh marta amalga oshirilgan bo‘lib, havo texnikasining jiddiy halokatlariga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Izoh (0)