Plesetsk kosmodromidan 5-dekabr kuni yangi “Soyuz-2.1B” raketasi harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ikkita sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Arxangelsk viloyatidagi Plesetsk kosmodromidan xususiyatlari va maqsadi Mudofaa vazirligi tomonidan oshkor etilmagan ikkita sun’iy yo‘ldosh bilan “Soyuz-2.1B” raketasi uchirildi. Tayyorlov va uchirish jarayoni kosmik qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Golovko nazoratida o‘tdi.
Bu “Soyuz-2.1B” raketa tashuvchisining Plesetsk kosmodromidan ikkinchi marta uchirilishidir. Birinchi marta u 2013-yilning dekabrida muvaffaqiyatli uchirilgan edi.
Izoh (0)