Koreya va O‘zbekiston mutaxassislari Chimyon florasi haqida kitob chop qildi
O‘zbekiston O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti Koreya milliy dendrariysi (faqat daraxt va butalar to‘plangan botanika bog‘i) bilan hamkorlikda “G‘arbiy Tyan-Shan florasi: Chimyon tog‘lari” nomli botanikaga oid rasmli kitobni chop etdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Tyan-Shan tog‘larida o‘sadigan 290 turdagi o‘simliklar haqida ma’lumotlarni jamlagan kitob koreys, ingliz, rus va o‘zbek tillarida chiqarildi.
2015-yilda Koreya milliy dendrariysi “Markaziy Osiyoning yashil xaritasi” loyihasini ishga tushirdi, undan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikka ko‘mak berishdan iborat.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar