Avtomobil ishlab chiqaruvchi Volkswagen konserni “zararli tashlanma mojarosi” asosida dizel dvigatellariga ega bo‘lgan 2,5 millionga yaqin avtomobillarni chaqirib oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Foydalanilayotgan avtomobil modellarini qayta ta’minotdan o‘tkazish rejalari vakolatli bo‘linmalarga taqdim qilingan.
Volkswagen markasiga tegishli bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtomobil egalari yaqin haftalarda o‘zlarining avtotransport vositalarini konsernning ta’mirlash ustaxonalariga yetkazish lozimligi to‘g‘risidagi xabarnomalarni oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 10-noyabrda Volkswagen mojaroga daxldor mashinalar egalariga 1000 dollar tovon puli taklif qilgan edi.
Izoh (0)