AQSh prezidenti Barak Obama 13-noyabr kuni Parijdagi teraktlardan biri sodir etilgan “Bataklan” teatri oldiga gul qo‘ydi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan sammitga yetib kelgan Obamani hodisa joyiga Fransiya prezidenti Fransua Olland va shahar meri Ann Idalgo kuzatib keldi.
AQSh rahbari teatr devoriga bitta oq atirgul qo‘ydi, keyin esa boshini egib, odamlar fojia yuz bergan joyga keltirgan gullar va shamlarga bir muddat qarab turdi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda yuz bergan bir qator teraktlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)