Boris Nemsovning qotilligida ayblanayotgan Zaur Dadayev va Anzor Gubashevning jinoyatni tashkil etishda gumon qilinayotgan Ruslan Muhiddinovga nisbatan bergan ko‘rsatmasi tergovchilar tomonidan video tasmaga yozib olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Muhiddinovning Nemsov qotilligini tashkil etishdagi aybi Dadayev va Anzor Gubashevning ko‘rsatmalari bilan o‘z tasdig‘ini topdi”, — deydi manba.
Unda, shuningdek, tergovda aynan Muhiddinov siyosatchining qotilligini tashkillashtirganligini tasdiqlovchi boshqa ko‘plab dalillar mavjudligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning Basmanniy tumani sudi Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘limi “Sever” batalyoni jangchisi Ruslan Muhiddinovni sirtdan hibsga olgan edi.
Izoh (0)