Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida 21-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan “Real” va “Barselona” o‘yinida mehmonlar darvozaboni Klaudio Bravo o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Delfi”

Foto: “Delfi”

Bravo o‘yin davomida raqib futbolchilari — Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan ko‘ra ko‘proq pas berdi.

Chililik darvozabon bahs davomida jami 54 marta jamoadoshlariga to‘p uzatgan. “Real” futbolchilarining ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: Ronalduda 44 ta, Beylda 41 ta, Benzema esa 26 ta pas.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 4:0 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollar Luis Suares (11, 74-daqiqalar), Neymar (39) va Andres Inyesta (53) hisobiga yozildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi