Top Tales nashri yagona nusxada yaratilgan hashamatli avtomobillar fotosuratlarini taqdim etdi. Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Rolls-Royce Hyperion
Ushbu modelni kolleksioner Roland Xoll o‘zi uchun buyurtma qilgan. U 2008-yilda chiqarilgan.Ford GT90
Ushbu nusxa birinchi marta 1995-yilda Detroytdagi avtosalon ko‘rgazmasida namoyish etilgan. O‘shanda u dunyodagi eng baquvvat superkar deb tanishtirilgan.Porsche 911 Panamericana
Ushbu avtomobil 1989-yilda ataylab Porsche kompaniyasi direktori Ferri Porshega tug‘ilgan kun sovg‘asi sifatida yaratilgan.McLaren X-1
7 million dollarlik avtomobil Yaqin Sharqda yashovchi sirli xaridor uchun yasalgan.Ferrari F12 Berlinetta TRS
Ushbu model ham maxfiy bo‘lib qolishni istagan xaridor buyurtmasiga binoan chiqarilgan, u avtomobil ixlosmandiga naq 4,2 million dollarga tushgan.Maybach Exelero
Dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho superkarlardan biri 2005-yilda taqdim etilgan. Oradan olti yil o‘tib, uni amerikalik reper Brayan Uilyams (Birdman) 8 million dollarga sotib oldi.Cadillac Cien
Mazkur superkar kompaniyaning 100 yilligiga bag‘ishlab yig‘ilgan va o‘sha paytdagi eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan. Biroq u real hayotda qo‘llanilmadi — hashamatli avtomobil haligacha muzeyda saqlanadi.BMW Gran Coupe Pininfarina Lusso
Modelda zamonaviy bashanglik va dadil dinamika uyg‘unlashdi.Peugeot Onyx
Fransuzlar bunday modelni seriyali ravishda ishlab chiqarmoqchi bo‘lmagan, biroq keyingi avlod avtomobillari qanday ko‘rinishda bo‘lishiga ishora qilgan xolos.“ZIS-101A-Sport”
1939-yilda yaratilgan eksklyuziv o‘z vaqtida Stalin va Kaganovich tomonidan ijobiy baholangan. Urushdan so‘ng Sovet davri shoh asarining yagona nusxasi izsiz yo‘qoldi.VAZ “Rapan”
1998-yilda chiqarilgan Rossiyaning birinchi konseptual elektromobili, afsuski, seriyali ishlab chiqarilish uchun ma’qullanmadi.Sbarro GT1
Ushbu superkar 1999-yilda Mercedes jamoasining Le-Man poyga seriyasidagi g‘alabasi sharafiga yig‘ilgan.Lamborghini Egoista
Bu avtomobil esa 2013-yilda Lamborghini kompaniyasining 50 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan.
Izoh (0)