Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi transport, energetika obyektlari, ma’muriy binolar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda keng ko‘lamli aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Parijdagi terrorchilik hujumlaridan so‘ng, Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligiga xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, mamlakatda terrorchilik hujumlari tahdidining oshganligi munosabati bilan aholini ogoh bo‘lishga chaqirdi.
“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilterrorchilik markazi tomonidan transport va kommunikatsiya, energetika obyektlari, vazirliklar va boshqarmalar ma’muriy binolari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar – bozorlar, savdo markazlari, o‘quv muassasalari va boshqa hududlarda o‘quv va nazorat aksilterrorchilik tadbirlari o‘tkazilmoqda”, — deb xabar beradi matbuot xizmati.
Izoh (0)