Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya samolyoti halokatini tekshirishni Misr tomoni olib bormoqda va u tergov natijalarini rasman taqdim etishi hamda halokat sababini bildirishi lozim. AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovning A321 terakt oqibatida qulagani to‘g‘risidagi bayonotiga shunday izoh berdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”

Foto: EPA

Foto: EPA

“Rossiya hukumatining 9268-reys halokati sabablari to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan tanishdik. Biz tergovni Misr boshqarayotganini inobatga olamiz. Halokat sabablari to‘g‘risida na biz, na Misr hukumati tomonidan xulosa chiqarilmagan. Shu bilan birga, hozirgi bosqichda halokatning asosiy sababi sifatida terakt — samolyot bortida portlash ko‘rilishini ham istisno etmaymiz”, — deya ta’kidlagan Toner.

Davlat departamenti vakili AQSh Misr tergov idoralari xulosasini kutishini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi