Kelasi yil bahorigacha Toshkent viloyatidagi Tuyabug‘uz (“Toshkent dengizi”) va Chorvoq suv omborlarida jamoatchilik plyajlari yaratiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi mutaxassisi Jamshid G‘oziyevga tayanib.
Plyajlarda qutqaruv xizmati ishlaydi va zarur infratuzilma mavjud bo‘ladi, bular — dush kabinalari, quyoshdan himoya inventari, ovqatlanish punktlari, suzish moslamalari savdosi va ijarasi, sanitar-gigiyenik tarmoqlar.
Jamshid G‘oziyev so‘zlariga ko‘ra, qishga yaqin “Chimyon” dam olish hududida modernizatsiya ishlari boshlanadi.
Toshkent viloyatidagi sayyohlar ko‘p keladigan joylarda barqaror statsionar va uyali aloqa ishlamoqda, Wi-Fi hududlar yaratilgan. Vokzal, mehmonxona, motel, kemping, pansionatlar, shuningdek, umumiy ovqatlanish punktlarida bankomatlar, infokioskalar va terminallar tarmog‘ini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)