“Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Xitoyning Eksimbanki bilan taxminan 374 million dollarlik qarz shartnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily o‘zbek bankiga tayanib.
Mablag‘ “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati bazasida polivinilxlorid (PVX) chiqarish bo‘yicha zavod qurilishiga ishlatiladi. Loyiha 2015-yil oxirigacha amalga oshirila boshlashi kutilmoqda.
Loyiha yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqarish bo‘yicha majmua qurilishini ko‘zda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning China CAMC Engineering Co Ltd kompaniyasi “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid ishlab chiqarish bo‘yicha 439,8 million dollarlik kimyo majmuasini qurishi xabar berilgan edi. Keyinroq O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z qarori (pdf) bilan “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.