Rossiyaning Stavropol shahrida mahalliy qabristonga o‘lik tug‘ilgan bolalarni ommaviy ko‘mish holati bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“8-noyabr kuni Stavropol shahridagi Voskresenskiy qabristonida 2014—2015-yillarda tug‘ilgan bolalarning qabrlari topilganligi haqida tergovchilarga xabar berildi”, — deyiladi hududiy tergov boshqarmasi xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Stavropol o‘lkasi perinatal markaz klinikasida o‘lik tug‘ilgan bolalar 13 ta qabrga ko‘milgan.
Hodisa tafsilotlari, jumladan, nima sababdan bolalar bunchalik kech ko‘milganligi sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)