Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentdagi Botanika bog‘ida “Qushlar uchun makon: Yangi ko‘chib keluvchilarni kutamiz!” ekologik aksiya doirasida qushlarning ayrim turlari, ya’ni mayda boyqushi va chittak hamda qumri uchun 60 ta sun’iy in o‘rnatildi.

Foto: Murad Buildings

Foto: Murad Buildings

Bu aksiya O‘zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati va Murad Buildings developerlik kompaniyasi tomonidan Qushlarni kuzgi nazorat qilish kuni munosabati bilan o‘tkazildi.

Foto: Murad Buildings

Foto: Murad Buildings

Aksiya davomida turli madaniy-ma’rifiy tanlov va viktorinalar o‘tkazildi, O‘zbekiston Qushlarni himoya qilish jamiyati xodimlari insonlar yonida yashovchi qushlar haqida so‘zlab berdi. Aksiyaning eng faol ishtirokchilariga jamiyat tomonidan mukofotlar topshirildi.

Foto: Murad Buildings

Foto: Murad Buildings

Sun’iy qush inlarini o‘rnatish uchun kuz oyining o‘rtalari tanlangani bejizga emas. Bahorgacha chittak va boyqushlar daraxtlar rangiga moslashib olib, daraxt landshaftining bir bo‘lagiga aylanishga ulguradi.

Foto: Murad Buildings

Foto: Murad Buildings

Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi jamoatni insonlar bilan birga yaqin oraliqda yashovchi yovvoyi qushlar bilan tanishtirish, amaliyotda ularni asrab qolishga yo‘naltirilgan harakatlarni namoyish etishdan iborat. Sun’iy qush inlarini o‘rnatishdan olingan tajriba O‘zbekistonning boshqa hudud va shaharlarida, xususan, daraxtzor, shahar tashqarisidagi dam olish hududlari, sanatoriyalar va yovvoyi qushlar faunasini qayta tiklash uchun ajratilgan qishloqlarda ham qo‘llanilishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi