Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Janubiy Afrika respublikasining birinchi qora tanli prezidenti Nelson Mandela o‘limidan so‘ng regbi shuhrati zalidan o‘rin oldi. Rasmiy marosim Nyukasl-apon-Taynda, regbi bo‘yicha jahon Kubogining JAR va Shotlandiya o‘rtasidagi o‘yinidan avval o‘tkazilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

JAR sport vazirining o‘rinbosari Gert Ostxeyzen regbi aparteid yillarida oq tanlilarning sevimli sport turi hisoblangani va mamlakat fuqarolari uchun irqiy kamsitish timsoli bo‘lib kelganini eslatib o‘tdi.

“Prezidentlik saylovlaridan so‘ng Mandela regbini milliy sport turi sifatida rivojlantira boshladi. U 1995-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan va bizga g‘oliblikni taqdim etgan jahon Kubogidagi milliy jamoamiz chiqishlari atrofida xalqimizni birlashtirishda muhim rol o‘ynadi. JAR termasini qo‘llab-quvvatlab, mamlakat aholisining ushbu sport turi va jamoaga nisbatan munosabatini o‘zgartira oldi”,—deya ta’kidlagan Ostxeyzen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Medvedev: “Rossiya, agar zarur bo‘lsa, yadro quroli qo‘llashga haqli”
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?