Miyangizga ajoyib g‘oya keldi. Hatto, loyiha uchun boshlang‘ich kapital va jamoa ham topib qo‘ydingiz. Biroq biznesingiz muvaffaqiyati ko‘p masalalarda o‘zingizga bog‘liq.
O‘z-o‘zingizga bir nechta savol berib ko‘ring:
1. Biznesda o‘zingizga o‘xshagan sherigingiz bo‘lishini istarmidingiz?
Bu savolga yaxshi va yomon shaxsiy xislatlaringizni baholagan holda xolisona javob berishga harakat qiling. Odamlar bajonidil sizga ishonib, hurmat qilib, siz bilan ishlaydimi?2. Oilangiz sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormi?
Startap qurish — juda qiyin vazifa, u siz tasavvur qilganingizdan ancha og‘irroq. Miyangiz doim millionlab savol va muammolarga to‘la bo‘ladi; hech kim, jumladan, yaqinlaringiz ham boshingizda nimalar bo‘layotganidan mutlaqo bexabar bo‘ladi. Oilangiz sizning haftada yetti kun, dam olish kunlarisiz o‘z loyihangiz ustida ishlashingizni tushunmasligi mumkin.3. Hech bo‘lmasa bir yilga yetadigan pulingiz bormi?
Jamg‘arib qo‘ygan mablag‘ingiz siz o‘ylagandan ko‘ra ancha tez sarflanib ketadi. Yo‘lingizda ko‘rinmas xarajatlar, huquqshunoslarga to‘lovlar, buzilgan kompyuterlar, hisobchiga maosh kabi chiqimlar doimiy ravishda paydo bo‘la boshlaydi. Muvaffaqiyat asta-sekinlik bilan keladi, pul esa sarflanib ketaveradi. Aql bilan ish tuting: eng birinchi kundanoq rejalashtiring.4. Sutkasiga bir necha soatdan uxlashga tayyormisiz?
Ofis ishchilari dunyosidan qochib, nihoyat orzuimga erishdim: qayerda xohlasam, o‘sha yerda ishlayman, — deb o‘ylarsiz. Yodda tuting: tadbirkorlar — bir hafta uchun belgilangan 40 soatni ishlamaslik uchun 80 soat ishlashga tayyor kishilar.Biroq o‘z biznesingizga olib boradigan yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, undan huzur oling. Axir “agar siz o‘z orzungizni amalga oshirmasangiz, boshqa birov o‘zinikini amalga oshirish uchun sizni yollaydi”, — degan ajoyib gapni aytishgan.
Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://big5.ru/businessman/
Loyiha “Daryo” va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.
Izoh (0)