Milliarder va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Nyu-Gempshir shtati saylovchilari bilan uchrashuv paytida, agar saylovda g‘alaba qozonsa, suriyalik qochoqlarni o‘z diyorlariga qaytarib yuborishini aytdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Tramp qo‘shni Meksikadan kirib kelayotgan muhojirlarni bir necha marta haqorat qilgan va ikki davlat — AQSh va Meksika o‘rtasida devor qurish taklifi bilan chiqqan edi.
Yaqinda Oq uy AQSh keyingi yilda 10 ming nafar qochoqni qabul qilishi haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)