Twitter kompaniyasi 140 ta belgi bilan cheklanmagan tvitlarni chop etish imkonini beruvchi yangi mahsulot yaratmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hozircha yangi xizmat qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum, biroq manbalarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqda uzun xabarlar chop etishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya egalari Twitter xabarlardagi belgilarni qanday hisoblashi zarurligini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Twitter avgust oyida shaxsiy xabarlardagi belgilar cheklovini bekor qilgan edi.
Izoh (0)