Avtomobil ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi atmosferaga chiqadigan zararli chiqitlar ko‘rsatkichini pasaytirib ko‘rsatishda gumonlanmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar beradi.
Amerika hukumati konsernga mamlakatda 2009—2015-yillarda sotilgan 500 mingga yaqin Folksvagen va Audi yengil mashinasini chaqirib olish majburiyatini yukladi. Shuningdek, kompaniyaga 18 milliard dollar miqdoridagi jarima xavf solmoqda.
Folksvagen o‘zining avtomobillaridagi qoida buzilishini bartaraf etish uchun 6,5 milliard yevro mablag‘ni zaxirada saqlashini ma’lum qildi. So‘z kompaniyaning butun dunyodagi 11 million mashinasi haqida bormoqda.
Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu mojaro bilan bog‘liq vaziyatni tezroq aniqlashtirishni talab qilmoqda.
Izoh (0)