Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota kompaniyasi nafaqat o‘zining mavjud mijozlari, balki kelajakdagi mijozlari to‘g‘risida ham qayg‘uradi. Tokyo Toy Show ko‘rgazmasida kompaniya bolalar uchun mo‘ljallangan Toyota Camatte mashinasini taqdim etdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Ushbu noyob transport vositasining bo‘yi 2,7 metr, eni 1,2 metrni tashkil etadi. U uch kishi – old o‘rindiqdagi haydovchi va orqa o‘rindiqdagi ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.
O‘zining “o‘yinchoq” ko‘rinishiga qaramasdan, Toyota Camatte haqiqiy dvigatel bilan jihozlangan. Undagi elektr dvigatel bir marta kuchlanish bilan o‘n kilometrgacha yurish imkonini beradi. Mashina shahar ko‘chalarida emas, bog‘lar, piyodalar va velosipedlar uchun ajratilgan yo‘laklarda yurishga mo‘ljallangan.
Toyota Camatte mashinasini boshqaruvchi bolalarga hech qanday xavf tahdid solmaydi. Sababi avtomobil halokatga olib keluvchi tezlikka ega emas.
Izoh (0)