Belarus fuqaroligini olish fransuz aktyori Jerar Depardyening rejalariga kirmaydi, deb xabar beradi “TASS” uning vakili Arno Frille ma’lumotiga tayanib.
“U Rossiya va Fransiya davlatlari fuqaroligiga ega. Belarus – boshqa mamlakat, bu yerga u ish bo‘yicha kelgan. Bu yerda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan, hozir biz katta teleserialni suratga olmoqdamiz. Keyin esa Rossiyada kino suratga olamiz”, — deydi Frille.
Eslatib o‘tamiz, jurnalistlarning qayerda yashashni mo‘ljallayotgani haqidagi savoliga Depardye ayni paytda Italiyada istiqomat qilayotgani, biroq keyinchalik Belаrusda, “oddiy dehqonlar orasida” yashashni ko‘zlayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)