Moskva temiryo‘l vokzallari terminalida bomba mavjudligi haqidagi ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Tezkor xizmat xodimlari barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib, vokzallar binosidan kishilarni evakuatsiya qildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, portlash haqidagi ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi”, — deydi transport departamenti matbuot xizmati xodimi.
5-sentabr, shanba kuni Moskva temiryo‘l vokzali terminallaridan birida bomba joylanganligi haqidagi anonim xabardan so‘ng Belarus, Paveletskiy, Kurskiy va Yaroslavskiy vokzallaridan 1,5 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan edi.
Izoh (0)