Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreya yarimorolidagi yarashuv bo‘yicha “BMT qo‘mondonligi ostidagi” harbiy komissiya, Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida qurolsizlantirilgan hududda yuz bergan hodisadan so‘ng, vaziyat keskin yomonlashgani munosabati bilan, KXDRga muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan telefonogramma yo‘lladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Foto: RIA Novosti

“Generallar darajasida muzokaralar o‘tkazish taklif qilindi”, — deya Janubiy Koreya hukumatidagi ismi oshkor etilmagan manbaga asoslanib Yonhap agentligi xabar bermoqda. Hozircha KXDR mazkur taklifga javob berganicha yo‘q.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In 21-avgust, juma kuni soat 17:00 dan boshlab qo‘shinlarni qurolli yurish uyushtirish uchun to‘liq jangovar tayyor holatga keltirish haqida buyruq bergani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur buyruq ikki Koreya chegarasida yuz bergan artilleriya otishmasidan so‘ng, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasining Pxenyanda bo‘lib o‘tgan majlisidan so‘ng chiqarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi