Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud aktyori Morgan Frimenning nabirasidan iblisni haydab chiqarishga uringan erkak uni o‘ldirdi, deb xabar beradi The New York Daily News.

Foto: unian.net

Foto: unian.net

Voqea guvohi bo‘lgan 65 yoshli Jorj Xadakoning so‘zlariga qaraganda, erkak 33 yoshli Idena Xaynsga “Yo‘qol, iblis, men seni haydab chiqaraman”, degan so‘zlar bilan tashlangan. Shundan so‘ng u Idenaga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. “Ayolning chinqirgan ovozini eshitib, 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qildim”, — deydi Xadako.

Hodisa 16-avgust, yakshanba kuni 03:00 atrofida Nyu-Yorkda yuz berdi. Ayol Garlem shifoxonalaridan biriga yetkazildi. Biroq ayol u yerda halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari 30 yoshli erkakni qo‘lga oldi. U sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy markazga yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi 
Mahalliy
O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi
Sport
Rasman: Domeniko Tedesko — Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi