Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Donbassdagi qurolli nizo boshlanganidan beri Ukrainaning 8 ming nafar militsiya xodimi va harbiy xizmatchisi ayirmachilar tomoniga o‘tib ketdi. Bu haqda Ukraina bosh harbiy prokurori Anatoliy Matios ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: unian.net

Foto: unian.net

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda bu kabi odamlarni javobgarlikka tortish uchun dalillar to‘planmoqda.

“Bizda to‘liq ro‘yxat bor. Hozirgi vaqtda dushman tomoniga o‘tib ketgan 5 ming nafar huquqni muhofaza qilish xodimi, 3 mingga yaqin harbiy xizmatchiga aloqador dalillarni to‘playapmiz, ular javobgarlikka tortiladi”, — Matios.

Anatoliy Matios avvalroq Donbassdagi nizo hududida mintaqaviy harbiy prokuraturani tashkil etish rejalashtirilayotganini e’lon qilgandi. Bosh harbiy prokurorning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina xavfsizlik xizmatining ham xuddi shunday bo‘linmasi tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi