Rossiyada Magadan viloyati shifoxonasining urologiya bo‘limi mudiri, vrach-urolog Vladimir Feoktistovich Tretyakov 12-avgust kuni o‘zining ish kabinetida otib o‘ldirib ketildi. Bu haqda shifoxona rasmiy saytida xabar qilingan.
“Vesti.ru” xabariga ko‘ra, shifokorning xonasidan ikki erkakning jasadi topilgan. Birinchi jasad Tretyakovniki bo‘lib, ikkinchisi 1946-yilda tug‘ilgan erkakka tegishli ekanligi aytilgan. U dastlab kesilgan ov miltig‘idan shifokorni otib o‘ldirgan, keyin esa o‘z joniga qasd qilgan.
Qayd etilishicha, Tretyakov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishonchli vakillaridan biri hamda Magadan viloyati Jamoat palatasi a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)