Toshkentdagi Pushkin haykali shaharning boshqa markaziy qismiga ko‘chiriladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Haykal joylashtirilishi uchun ehtimoli eng yuqori joy – Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi binosi oldidagi maydon ekanligi aytilgan. Bu yerda tayyorgarlik ishlari boshlanib, uchta kichik favvora olib tashlangan.
Avvalroq, qator ommaviy axborot vositalari Mirzo Ulug‘bek tumanida, metroning Buyuk ipak yo‘li bekati atrofida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgani haqida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, 13-yo‘nalishdagi tramvay qatnovi TTZ bekatidan Toshkent vokzaligacha bo‘lgan hududda tugatilishi haqida xabar berilgan edi. 7-avgust kuni Toshkentda Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasiga o‘tish yo‘li yopib qo‘yilgani ham ma’lum qilingan.
Shuningdek, Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan magistral ko‘chalar nomlari ma’lum bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)