Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga Toshkent shahrining 2015—2016-yillarida rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan magistral ko‘chalari ro‘yxati aks etgan suratlar joylashtirildi.
Avvalroq, qator ommaviy axborot vositalari Mirzo Ulug‘bek tumanida, metroning Buyuk ipak yo‘li bekati atrofida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgani haqida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, 13-yo‘nalishdagi tramvay qatnovi TTZ bekatidan Toshkent vokzaligacha bo‘lgan hududda tugatilishi haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahrining 2015—2016-yillarda rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan magistral ko‘chalari ro‘yxati
№ | Ko‘cha nomi | Uzunligi | Kompleks ishlar tarkibi | Muddati |
1. | Bobur ko‘chasi — Aeroportning vokzaloldi maydonidan O‘zbekiston ko‘chasigacha | 4,8 km | Ko‘chaga yondosh hududlarning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish, yoritish tizimlarini, trotuarlarni, favvoralarni, sug‘orish-irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, ko‘chalarning qizil chizig‘idan tashqaridagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish | 2015—2016-yillar |
2. | Nukus ko‘chasi — Bobur ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha va so‘ngra Mustaqillik ko‘chasigacha | 6,0 km | 2015—2016-yillar | |
3. | Afrosiyob ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha | 2,0 km | 2015—2016-yillar | |
4. | Mustaqillik ko‘chasi — Amir Temur maydonigacha | 2,8 km | Yo‘lning qatnov qismini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, to‘siqli ajratuvchi chiziq o‘rnatish, trotuarlar bo‘yida to‘siqlar va yomg‘irlash tizimlarini o‘rnatish, shuningdek olti chiroqli yoritish ustunlarini montaj qilish | 2015-yil |
5. | Mustaqillik ko‘chasi — Amir Temur maydonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha | 2,7 km | 2015-yil | |
6. | Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Mustaqillik ko‘chasidan Do‘rmon ko‘chasigacha | 2,0 km | Tramvay liniyasini va aloqa tarmoqlarini demontaj qilish, yo‘lning qatnov qismini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, to‘siqli ajratuvchi chiziq o‘rnatish, trotuarlar bo‘yida to‘siqlar va yomg‘irlash tizimlarini o‘rnatish, shuningdek olti chiroqli yoritish ustunlarini montaj qilish | 2015-yil |
7. | Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Taraqqiyot ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha | 3,2 km | 2015-yil | |
8. | Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Do‘rmon ko‘chasidan TTZ bekat majmuasigacha | 5,0 km | 2015-yil | |
9. | Do‘rmon ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha | 2,7 km | a) Yo‘lning qatnov qismini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, trotuarlar bo‘yida to‘siqlar o‘rnatish b) Ko‘chaga yondosh hududlarning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish, yoritish tizimlarini, trotuarlarni, favvoralarni, sug‘orish-irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, ko‘chalarning qizil chizig‘idan tashqaridagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish | |
10. | Toshkent halqa avtomobil yo‘li — Do‘rmon ko‘chasidan Do‘stlik ko‘chasigacha | 3,0 km | Ko‘chaga yondosh hududlarning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish, yoritish tizimlarini, trotuarlarni, favvoralarni, sug‘orish-irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, ko‘chalarning qizil chizig‘idan tashqaridagi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish | 2015-yil |
11. | Do‘stlik ko‘chasi | 4,4 km | 2015-yil | |
12. | Amir Temur ko‘chasi — Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko‘chasigacha | 7,0 km | Yo‘lning qatnov qismini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, to‘siqli ajratuvchi chiziq o‘rnatish va olti chiroqli yoritish ustunlarini montaj qilish | 2015—2016-yillar |
Ushbu ro‘yxat yuzasidan hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan.
Qo‘shimcha: Yuqoridagi ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 5-avgustdagi “Toshkent shahrining magistral ko‘chalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ilova sifatida berilgan bo‘lib, 2015-yil 10-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi — “Lex.uz”da rasman e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Toshkentda Parkent ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasiga o‘tish yo‘li yopib qo‘yildi.