Tayvanga “Soudelor” supertayfuni yopirilishi oqibatida bir milliondan ortiq aholi elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hozirgacha to‘fon natijasida uch kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, yana 27 kishi esa turli darajada tan jarohati olgan.
Avvalroq Tayvan va Xitoy hukumatlari yaqinlashib kelayotgan tayfun sabab yetti ming kishini xavfsiz hududlarga ko‘chirgan edi. O‘nlab reyslar bekor qilingan yoki qoldirilgan, poyezdlar qatnovining qoldirilishi yoki bekor qilinishi sabab 30 ming kishi o‘z manziliga yeta olmagan.
Qayd etish joiz, “Soudelor” 2015-yilning eng kuchli tropik sikloni sifatida ta’riflanmoqda.