Nyu-York markazida o‘rgimchak odam libosini kiygan kishi o‘tkinchi bilan yoqalashdi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.
Tayms-skver maydonida 6-avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan mushtlashish videolavhasini bunga guvoh bo‘lgan Jeff Goldberg o‘zining Twitter’dagi mikroblogida joylashtirgan.
Tarmoqdagi rolikda mojaroni bir necha o‘n kishi kuzatib turganini ko‘rish mumkin. Ulardan birortasi olishayotganlarni ajratishga harakat qilmagan.
Bu o‘rgimchak odam libosidagi kishilar Tayms-skver maydonida janjal keltirib chiqarayotgan birinchi holat emas. O‘tgan yilning iyulida The New York Times 25 yoshli Junior Bishop politsiyachilar bilan mushtlashgani haqida ma’lum qilgan edi.
https://youtu.be/iDggSUpGwjE